O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston futbol federatsiyasi, Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi hamkorligida o‘tkazilayotgan festivalda 1-4 sinflarda tahsil olayotgan 400 nafar yosh futbolchidan iborat jamoalar o‘zaro bahslashmoqda.

– Musobaqalar juda qiziqarli o‘tmoqda, – deydi festival ishtirokchisi Jahongir Tojiboyev. – Ayniqsa, murabbiylar tomonidan o‘tkazilayotgan mahorat darslari menga juda yoqdi. Yaqindagina Osiyo chempioni bo‘lgan akalarimiz kabi men ham kelajakda Osiyo va jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilganman.

 

Anvar Nasirlayev, O‘zA