Fransiya prezidenti Emmanuel Makron xorijiy davlatlar, jumladan, Rossiya ham ijtimoiy tarmoqlarda Fransiyaga qarshi xabarlar tarqatilishiga homiylik qilmoqda, dedi.
“Ijtimoiy tarmoqlarda nimalar bo‘layotganidan xabarim bor. Shuni ta’kidlamoqchimanki, Fransiyaga qarshi bayonotlarni berayotgan sharhlovchilarning ko‘pchiligi Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan homiylik ko‘rsatilayotgan faollardir”, dedi u payshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Makronning aytishicha, ijtimoiy tarmoqdagi ushbu xabarlar Afrikalik yetakchilarga ham zarba bo‘lmoqda. Shu sababli u yolg‘on xabarlar tarqatilishiga va zo‘rovonliklarga undovchi chaqiriqlarga qarshi kurash uchun “qurollanish” kerakligini ta’kidladi.
Uning ma’lum qilishicha, “Maliga safari chog‘ida odamlar fransiyalik harbiylar ularning xavfsizligini ta’minlayotganini ko‘rayotganiga guvoh bo‘lgan, shuningdek, yolg‘on xabarlarni tarqatadigan sotib olingan faollarni ham uchratgan”. “Shu bois, rahbar sifatida bizning vazifamiz bunday chiqishlarni qoralash, jurnalist sifatida sizlarning vazifangiz esa, haqiqatni aytish”, dedi u jurnalistlar bergan savolga javob berar ekan.