“Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali bilan hamkorlikda “Taraqqiyot strategiyasi – inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish garovidir” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.

Konferensiyada 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga oid masalalar keng muhokama qilindi.

Tadbirda so‘z olganlar Taraqqiyot strategiyasida inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi, milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanganligini alohida e’tirof etildi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan Taraqqiyot strategiyasi bo‘yicha qonunchilik normalarini takomillashtirish bilan bog‘liq qator taklif-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ilmiy doira vakillari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy to‘plam nashr etishga kelishib olindi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA