2022 yil 10 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 232496 (+625) nafarni tashkil etmoqda.

SSV bu haqda xabar qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:
24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
20 nafari Andijon viloyatida,
13 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Jizzax viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
10 nafari Navoiy viloyatida,
13 nafari Namangan viloyatida,
45 nafari Samarqand viloyatida,
7 nafari Sirdaryo viloyatida,
31 nafari Surxondaryo viloyatida,
24 nafari Farg‘ona viloyatida,
25 nafari Xorazm viloyatida,
117 nafari Toshkent viloyatida,
286 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 69 nafar,
Andijon viloyatida 26 nafar,
Buxoro viloyatida 13 nafar,
Jizzax viloyatida 28 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 9 nafar,
Navoiy viloyatida 13 nafar,
Namangan viloyatida 17 nafar,
Samarqand viloyatida 77 nafar,
Sirdaryo viloyatida 22 nafar,
Surxondaryo viloyatida 61 nafar,
Farg‘ona viloyatida 93 nafar,
Xorazm viloyatida 26 nafar,
Toshkent viloyatida 27 nafar,
Toshkent shahrida 348 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 215297 (+829) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 92 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1597 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 103 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.