Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati mu’lumotiga ko‘ra, “Umra-2022” mavsumi yuqori saviyada tashkillashtirilib, har kuni bittadan Toshkent-Jidda yo‘nalishi bo‘ylab aviaparvozlar amalga oshirilmoqda.

Yurtdoshlarimining talab va istaklarini inobatga olgan holda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan Umra safari uchun reyslarni oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rilib, bu borada amaliy qadamlar tashlandi.

Shu yilning 10 fevralidan boshlab, muborak zaminga umra ibodati uchun reyslar har kuni 2 martadan amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, umra safariga borib kelayotgan hamyurtlarimiz muborak ziyoratga borish yo‘lga qo‘yilgani, hozirlangan sharoit va xizmat ko‘rsatish sifatining yuqoriligidan minnatdorchiliklarini bildirdi.

Muhayyo Toshqorayeva,  O‘zA