Maxsus komissiyaning 92-sonli bayoniga muvofiq, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida sovrinli o‘yinlarni tashkil qilish belgilangan.

Bunda maishiy texnika buyumlari, velosiped, avtrotransport vositalari kabi qimmatbaho buyumlar va esdalik sovg‘alar sovrin sifatida o‘ynalishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu bayon ijrosi doirasida Toshkent shahar hokimligi joriy yilning 22 yanvar kunidan boshlab, “Zo’r TV” telekanali orqali “Vaksina – to‘g‘ri tanlov” sovrinli aksiyasini o‘tkazib kelmoqda.

bugungi kunda, ushbu aksiya doirasida uchta o‘yin o‘tkazilgan bo‘lib, vaksina olib, aksiyada g‘olib bo‘lgan yurtdoshlarimizga 75 donadan smartfon, planshet va televizorlar, 105 dona velosiped hamda 1 dona Malibu rusumli avtomobili topshirildi.

Mazkur aksiya joriy yilning 1 iyul kunigacha davom etadi va uning doirasida har oyning oxirgi shanba kuni “Malibu” rusumli avtomobili o‘ynaladi.

O‘zA