Yoshlar orasidagi iqtidorlilarni kashf etish maqsadida «Mirzo Ulug‘bek vorislari» respublika tanlovi e’lon qilindi.

Unda 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yigit va qizlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lishi;

aniq bir g‘oya yoki loyihaga ega bo‘lishi;

IQ test natijasi 110 balldan past bo‘lmasligi;

turli tanlovlarda g‘olib bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom, sertifikat yoki tavsiyanomaga ega bo‘lishi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar https://vorislar.uz sayti yoki @vorislar_tanlovi_bot telegram-bot orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

O‘zA