Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmalari tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Fuqaroga o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan usta qo‘lga olindi. Jumladan, “Avtomotohavaskorlar” UK Nukus filiali o‘rgatuvchi ustasi O.B., fuqaro D.ning ishonchiga kirib, unga filialda o‘qimagan bo‘lsada, o‘qiganligi haqida ma’lumotnoma berib, imtihonlardan o‘tkazib qo‘yish orqali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 2,3 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud Abibullayev,  O‘zA