“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov va “DGMC” mashinasozlik korporatsiyasining prezidenti Vo-Gak Choy ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Koreya Respublikasining 15 dan ortiq yirik texnologik kompaniyasi rahbarlari ham ishtirok etdi.

Mazkur video muloqotdan ko‘zlangan maqsad to‘qimachilik mashinasozligidagi yangi loyihalarni amalga oshirish, to‘qimachilik sanoatida zamonaviy texnologiyalar va raqamlashtirishni keng joriy qilish, ilm-fan va kadrlar tayyorlash borasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratildi.

yd etilganidek, mamlakatimizda koreyalik hamkorlar ko‘magida bir qator loyihalar amalga oshirilgan. Hozirgi kunda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “Kor-UzTextileTechopark” eng so‘nggi rusumdagi texnologiyalarda yangi turdagi mato va kiyimlarni yaratishga, ilmiy ishlarni va tadqiqotlarni olib borishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Tomonlar muzokara chog‘ida joriy yilning iyul oyida Koreya Respublikasining nufuzli korxonalar rahbarlari O‘zbekistonga tashrifi va ikki davlat korxonalari o‘rtasida konferensiya hamda biznes forum o‘tkazishga kelishib oldi. Shuningdek, shu yil sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan “Uztextile Expo” – xalqaro to‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasi va “CAITME” – Markaziy Osiyo to‘qimachilik mashinasozligi va texnologiyalari ko‘rgazmasida ushbu mamlakat kompaniyalari qatnashishi yuzasidan kelishuvga erishildi.

uzokaralar yakunida tomonlar keng qamrovli hamkorlikni belgilovchi anglashuv memorandumini imzoladi. Ushbu hujjat Mahalliylashtirish dasturiga asosan to‘qimachilik sanoatida texnologiyalar va butlovchi qismlarni respublika hududida ishlab chiqarishga qaratilgan yangi loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA