Yanvar oyi hisobotida Yevropada yillik inflyatsiya 5,1 foizni tashkil etgan. Qit’aning 19 davlatida narx o‘sish sur’ati ketma-ket uchinchi oy yangilandi, — deb xabar bermoqda “Euronews”.

“Eurostat” ma’lumotiga ko‘ra, dekabr oyida yillik inflyatsiya 5 foizni, noyabrda – 4,9 foizni tashkil qilgan. Narxning eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichi energetika sohasida (28,6%) qayd etildi. Ayni holat oziq-ovqat, alkogol va tamaki (3,6 foiz), xizmat ko‘rsatish (2,4 foiz) va energiyasiz ishlab chiqarilgan mahsulotlar (2,3 foiz)da ham kuzatildi.
Yevro hududida inflyatsiya darajasi bo‘yicha Litva (12,2 foiz), Estoniya (11,7), Slovakiya (8,5) va Belgiya (8,5) yetakchilik qilmoqda.

Narx ko‘tarilishining eng kam darajasi (3,3%) Fransiyaga tegishli.