Mamlakat rasmiylari fermada parranda grippining o‘ta yuqumli shtammi aniqlanganini ma’lum qildi. “Reyters” agentligi xabar berishicha, 168 mingga yaqin tovuq yo‘q qilinadi.

Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, epidemiyaga yaqin joyda boshqa parrandachilik fermalari yo‘q, ammo virus tarqalishining oldini olish maqsadida parranda go‘shti, tuxum va parranda chiqindilarini 10 kilometr radiusda tashish taqiqlandi.

O‘tgan yili epidemiya boshlangan, o‘shandan beri mamlakatda yuz minglab tovuq, o‘rdak, kurka va yovvoyi qushlar nobud bo‘lgan. Ma’lumot o‘rnida, parranda grippi – ovqat hazm qilish va nafas olish a’zolariga ta’sir qiluvchi, qushlarning o‘limiga olib keladigan yuqumli kasallik.