Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan yaqinda antiqa undiruv amalga oshirildi.

Voqeaga ko‘ra, fuqaro I.Gulyamovning Chilonzor tumani Davlat soliq inspeksiyasidan 189 milliondan ziyod qarzdorligi bo‘lgan. I.Gulyamov Rossiya  Federatsiyasiga  chiqmoqchi bo‘lgan vaqtda qarzdorlik fosh bo‘lib qoladi va undiruv ta’minlangan.

I.Gulyamovning qarzdorligi bilan bog‘liq ish Byuro tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumanlararo sudiga oshirilgan edi.

Shundan so‘ng qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.

Olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdorning nomida mol-mulklar borligi aniqlanib, darhol ularga “MIB Portal” elektron dasturi orqali taqiqlar qo‘yilgan.

Shunday qilib, I.Gulyamovaning O‘zbekistondan chiqish huquqlari cheklanadi. Natijada, u Rossiya Federatsiyasiga chiqish imkoni bo‘lmagani tufayli jami qarzdorligini to‘lab berishga majbur bo‘lgan.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA