Kolumbiya COVID-19 virusiga qarshi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda globaltimes.cn xabar beradi.Mazkur qaror “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co” Ltd tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani Janubiy Amerikada qo‘llanilishi COVID-19 pandemiyasiga qarshi global hamkorlik imkoniyatini kengaytiradi.

Hozirgacha mazkur vaksina O‘zbekiston, Xitoy va Indoneziyada ommaviy emlash jarayonida qo‘llanilmoqda, shuningdek, buster vaksina sifatida foydalanilmoqda. Hozirda ZF-UZ-VAC2001 Xitoy va O‘zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Indoneziyada ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, vaksinani mahalliylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Genotiplash tahlili ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi koronavirusning Alpha variantiga qarshi 92,68 foiz va Delta variantiga qarshi 81,38 foiz samaraga egaligini namoyish etgan.

O‘zA