Xitoyda futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatining yarim finalida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yoshlar terma jamoasi o‘zaro bahslashadi.
Mazkur uchrashuv bugun, 23 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 16:30 da Kunshanda joylashgan “Kunshan Stadium”da o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchilarimiz ushbu o‘yinga qadar, musobaqaning guruh bahslarida qatarlik tengdoshlariga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Xitoy va Ummon yoshlar terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Chorak finalda esa Yaponiya yoshlar termasini 4:0 hisobida yengdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA