Bugun, 17 yanvar kuni soat 10:49 da Toshkent shahar Olmazor tumani Usta shirin ko‘chasida joylashagan omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushdi.

Favqulotda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur xabar yuzasidan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10:54 da yetib borib, yong‘in soat 11:24 da qurshab olindi va soat 11:54 da bartaraf etildi.  Hodisa oqibatida do‘konning taxminan 350 kv.m. maydonida tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning  kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni so‘rab qoladi.

O‘zA