15 yanvar holatiga ko‘ra, yurtimizda 687 ming 277 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bola Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlangan.

Ulardan 1-bosqich emlanganlar 449 ming 907   nafarni, 2-bosqich emlanganlar 237 ming 370 nafarni tashkil qilmoqda.

Bolalarni koronavirusga qarshi emlash jarayoni Farg‘ona (165 827 doza), Samarqand (108 055 doza), Andijon (76 062 doza), Qashqadaryo (59 618 doza), Namangan (59 217 doza) viloyatlarida yuqori.

O‘zA