O‘tgan 2021 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tajriba tariqasida hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash ishlari bir necha muhim indikatorlar asosida amalga oshirib kelingan edi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23 avgustdagi “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 536-sonli qaroriga muvofiq hududlardagi muammolarning hal etilishi, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlarning “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash yuzasidan faoliyatini baholash tizimi joriy etilgandi.

Unga ko‘ra, baholash yilda bir marotaba – hisobot yilidan keyingi yilning 1 fevraliga qadar “sektor.reyting.uz” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va baholash natijasiga ko‘ra yuqori natijaga erishgan, samarali ish olib borgan sektorlar rag‘batlantirilishi belgilangan.

Xususan, baholash natijasiga ko‘ra, tuman, shahar sektorlari o‘rtasida respublika darajasida – “Eng namunali sektor” hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasida – “Eng tashabbuskor sektor” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

G‘oliblar quyidagi miqdordagi pul mablag‘lari bilan mukofotlanadi:

Sektorlar faoliyatini baholashda asosan 6 ta ustuvor yo‘nalishlar hisobga olinadi.

Sektorlar faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari tegishli vazirlik va idoralardan olingan rasmiy statistik ma’lumotlarga asosan hisoblanadi va ularga muvofiq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori miqdori 100 ballni tashkil etadi.

I. Amaliyotga joriy qilingan 3 ta daftarga kiritilganlar bilan ishlash natijadorligiga asosiy e’tibor qaratiladi va 15 ta indikator bo‘yicha baholanib boriladi. Xususun:

a. “Temir daftar” bilan ishlash natijadorligi – 4 ta: Temir daftar»dan chiqarilgan oilalar, “Temir daftar”dagi oilalarning kasb-hunarga o‘qitilgan a’zolari, rasmiy o‘zini-o‘zi band qilishga jalb qilingan “Temir daftar”dagi oila a’zolari hamda “Temir daftar”dagi oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi bo‘yicha;

b. “Ayollar daftari” bilan ishlash natijadorligi – 6 ta: “Ayollar daftari”dan chiqarilgan xotin-qizlar, “Ayollar daftari”dagi kasb-hunarga o‘qitilganlari, “Ayollar daftari”dagi rasmiy o‘zini-o‘zi band qilishga jalb qilingan ayollar, ushbu daftaridagi ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi, shu daftaridagi ayollarga psixologik xizmat ko‘rsatish darajasi hamda “Ayollar daftari”dagi ayollar tomonidan tadbirkorlikning yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha;

v. “Yoshlar daftari” bilan ishlash natijadorligi – 5 ta: “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlar, mazkur daftardagi kasb-hunarga o‘qitilganlar, daftardagi rasmiy o‘zini-o‘zi band qilishga jalb qilingan yoshlar, yoshlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi hamda “Yoshlar daftari”dagi yoshlar tomonidan tadbirkorlikning yo‘lga qo‘yilishi bo‘yicha baholab boriladi.

II. “Mahallabay” ishlash tizimining yurtilishi – 2 ta indikator: “Mahallalardagi muammolarning hal etilishi va Mahallaning “o‘sish nuqtasi” drayverining amalga oshirilishi bo‘yicha baholanadi.

III. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasi ham 2 ta indikator: investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olish darajasi yuzasidan baholab boriladi.

IV. Tadbirkorlikni rivojlantirish ko‘rsatkichlari esa 3 ta indikator: kichik tadbirkorlik sub’ektlari sonining o‘sishi, tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar ajratilishi holati hamda tadbirkorlik sub’ektlari uchun o‘quv-seminarlar tashkil qilinganлиgiгa qarab baho beriladi.

V. Jinoyatchilikni kamaytirish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish ham 2 ta asosiy indikator, ya’nii sodir etilgan jinoyatlarning kamayishi va oilaviy ajrimlarni qisqartirish bo‘yicha aholanishi belgilab qo‘ymlgan.

VI. Murojaatlar bilan ishlash samaradorligi esa 1 ta – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual, Xalq qabulxonalari va Bosh vazir qabulxonalari orqali kelib tushgan jami murojaatlardagi qanoatlantirilgan murojaatlar ulushi yordamida baholanadi.

Mazkur qarorning 4-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga, zarurat bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda baholash ko‘rsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish vakolati berilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tomonidan viloyatdagi 13 ta tuman va shahardagi jami 52 ta sektorlar faoliyati 2021 yil yakunlari bo‘yicha baholash yuzasidan tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashning yo‘lga qo‘yilganligi “mahallabay” ishlash tizimi natijadorligini ham oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Har bir sektor rahbari o‘z hududi miqyosida “mahallabay” ishlash tizimi asosida zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlash barobarida joylardagi turli muammolarning hal etilishi, xususun mahallalarni obod qilish, aholining turmush farovonligini oshirish, jamiyatda sog‘lom muhit yaratilishiga har tomonlama ko‘maklashmoqda.

Sektorlar faoliyatini baholashda yangi – adolatli va ta’sirchan tizim joriy etilganligi fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlar izchilligini kuchaytirish hamda sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

O‘z o‘rnida qayd etish joizki, mamalakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning shiddatli oqimiga mos ravishda ushbu baholash tizimini ham doimiy ravishda takomillashtirish zaruriyati yuzaga keladi. Bunda bir tomondan inson qadrini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning ta’sirchan mexanizmlarini amalda qo‘llash natijalari, ikkinchi tomondan aholining ijro organlari rahbarlari, xususun sektor rahbarlari faoliyatidan qoniqishi darajasi uzviy bog‘liqlikda hisobga olinadi.

B.BOBOYAROV,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi

Jizzax viloyati filiali yetakchi inspektori

/O‘zA/