Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Ta’kidlash kerak, qo‘mita tomonidan mahalliy mahsulotlarni dunyo bozoriga olib chiqish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar ishlab chiqish, shuningdek Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bilan doimiy do‘stona munosabatlar asosida muvofiqlashtirilgan qo‘shma tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

Olib borilgan muzokaralar natijasida yurtimizda yetishtirilgan baliq va baliq mahsulotlari eksporti uchun yo‘l ochilib, mamlakatimizning 15 nafar baliqchilik bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarga eksport qiluvchi korxonalarning yagona reyestriga kiritildi.

Endilikda ular o‘z mahsulotlarini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bozorida sotishiga imkon yaratildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil dekabr oyida qo‘mita rahbariyati hamda “Rosselxoznadzor” federal xizmati vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tagan muloqot chog‘ida ikki tomonlama eksport qiluvchi korxonalar ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

O‘zA