Yaqinda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali ijaraga berish tizimi amaliyotga kiritildi. Mazkur tizimdagi qulayliklarni aholiga yetkazish maqsadida joylarda seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi xodimlari tomonidan tashkil etilayotgan shu kabi tadbirlarda hokim yordamchilari, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolar ishtirok etyapti.
Seminarlarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olishda alohida imtiyozlar berilganligi va ochiq tanlovda qatnashish tartibi yuzasidan ma’lumot berib borib kelinyapti.

2022-2025 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hosili past va paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlari bosqichma-bosqich zaxiraga qaytarilishi ko‘zda tutilgan.

Seminarlarda bunday yerlar dehqon xo‘jaligi tashkil etib, sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirmoqchi bo‘lgan fuqarolarga 10 yil muddatga ijaraga berilishi aytib o‘tilmoqda.

Maftuna KARIMOVA, O‘zA