Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri A.Abduhakimov raisligida mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, jumladan, vaksinatsiya jarayonlarini sifatli yoritish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

Onlayn

– Afsuski,odamlar orasida vaksina olganlik to‘g‘risida soxta hujjatlar tayyorlanayotganligi achinarli holat, deydi A.Abduhakimov. –  Bu bilan o‘zlarini xavfga qo‘yayotganligini his etishmayapti nazarimda. Vaksinalash jarayonini ham korrupsiya botqog‘iga botayotganidan xavotirdaman. Odamlarga ozgina vaqt beramiz. Natija kutilgandek bo‘lmasa,  vaksina olish majburiy joriy etiladi.

Respublikaga “Omicron” shtammini kirib kelishiga ham qaysidir ma’noda beparvoligimiz sabab bo‘ldi. Aholi tushunib yetsinki, hozirda bizda barcha turdagi vaksinalar bor va bepul emlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Muhayyo Toshqorayeva,  O‘zA