Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yangi yildagi ilk majlisi boshlandi. Ta’kidlash joizki, parlament quyi palatasi majlisi “O‘zbekiston”, “UzReport” telekanallari hamda Qonunchilik palatasining Feysbukdagi sahifasi orqali jonli efirga uzatilmoqda. Bu esa ochiqlik va oshkoralikning ta’minlanishida muhim o‘rin tutadi.

Majlisni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov olib bormoqda.

bugungi majlis kun tartibidan “O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston  Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish haqida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihalari muhokamasi o‘rin olgan.

 

Muhtarama Komilova,
O‘zA