O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

O‘quv yurti rektori Axmed Reymov bu yerda faoliyat olib borayotgan to‘garaklar bilan tanishtirdi. Talabalar turar joyida “Qizlarjon” klubi, “Chevar qo‘llar”, “Milliy kashtachilik”, “To‘qimachilik” to‘garaklari tashkil etilgan. Qishki ta’tilni mazmunli o‘tkazish maqsadida turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Mehmonlar to‘garak a’zolari tomonidan tayyorlangan buyumlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Kelajakda yoshlarning yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.


– Uchrashuv yoshlarda katta taassurot qoldirdi, – deydi universitet rektorining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.Seytnazarova. – Bu talabalarning chuqur ta’lim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga xizmat qiladi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi o‘rinbosari A.Davletov ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA