Maktab o‘quvchilarining qishki ta’tili ham tobora oxirlamoqda. O‘quvchilar ushbu fursatni, ya’ni bo‘sh vaqtini mazmunli va maroqli o‘tkazayotganiga shubha yo‘q. Kimdir kitob mutolaasi bilan band bo‘lsa, yana kimdir musiqa, tasviriy san’at, kompyuter savodxonligi va sport to‘garaklarida mahorat oshirmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlaridagi umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan fan va sport to‘garaklari ham shu kunlarda bolajonlar bilan gavjum.

To‘garaklarda yoshlar bilim va mahoratini yanada mustahkamlamoqda. Shuningdek, o‘quvchilar uchun “Beshta tashabbus, beshta imkoniyat”  shiori ostida madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA