Germaniya aholisining 60 foizi “Shimoliy oqim-2” gaz tarmog‘i loyihasi ishga tushishini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Infratest dimap” institutining “ARD” telekanali uchun o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovi natijasi shunday.

So‘rovga ko‘ra, Germaniya sharqidagi 70 foiz, g‘arbidagi 57 foiz aholi gaz tarmog‘i amaliyotini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ayni paytda 28 foiz aholi gaz tarmog‘iga qarshi ovoz bergan, bu esa, mamlakat sharqida 18 foiz, g‘arbida esa 30 foizdan iborat bo‘ladi.

Tadqiqotga ko‘ra, loyihaga qarshilar, asosan “yashillar” partiyasi tarafdorlari hisoblanadi.