Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi qishki ta’til davrida yoshlarni “Yangi yil tashrifnomasi” deb nomlangan tomoshasi bilan xushnud etmoqda.

Mazkur bayram tomoshasi dasturidan turli ertak, multfilm va kino qahramonlari  ishtirokidagi sahna chiqishlari hamda quvnoq qo‘shiq va raqslar o‘rin olgan.

Qorbobo, Qorqiz, O‘lmas Kashshey, Yalmog‘iz kampir, Bug‘u, Bo‘ri, Quyon kabi obrazlar, ayniqsa, bolajonlarda katta taassurot qoldirib, barchaga Yangi yil bayrami kayfiyatini baxsh etmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA