10_USA_Canada_Gold_Wippert_medium.jpeg

Rossiyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi xokkey bo‘yicha jahon chempionatida AQSH terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Chempionatning final uchrashuvida amerikalik qizlar Shvetsiya yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazib, 9:3 hisobida g‘alaba qozondi. Shuningdek, bronza medal uchun o‘tgan o‘yinda Kanada yoshlar terma jamoasi Rossiya termasini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa jahon chempionatida AQSH oltin, Shvetsiya kumush hamda Kanada terma jamoasi bronza medalni qo‘lga kiritdi.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA