Futbolchilarimiz dastlabki uch ochkosiga ega bo‘ldi

Yigirma uch yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionatining “A” guruhida ikkinchi tur bahslari o‘tkazilmoqda.

Ikkinchi turning dastlabki uchrashuvida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoy yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin boshlanishi bilan futbolchilarimiz bor e’tiborlarini hujumga qaratdi. Buning samarasida uchrashuvning 14-daqiqasida Hojiakbar Alijonov hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda har ikkala jamoa vakillari darvozalar oldida xavfli hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi – 1:0.

Shuningdek, guruhning ikkinchi uchrashuvi Ummon va Qatar yoshlar terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Yosh futbolchilarimiz guruh bahsidagi so‘nggi uchrashuvni 15 yanvar kuni ummonlik tengdoshlariga qarshi o‘tkazadi

 

Javohir Toshxo’jayev, O’zA