Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

–Yana bir masala – Chiroqchi tumani hududi 2,8 ming kvadrat kilometr bo‘lib, viloyatning salkam yarim million aholisi ushbu tumanda yashaydi. Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, odamlar o‘zining kundalik muammolarini hal qilish, davlat idoralariga borish uchun 2-3 soatlab vaqt sarflaydi.

Shuningdek, tuman ichida jamoat transporti rivojlanmagani oqibatida odamlar markazga kelish uchun bir nechta transportdan foydalanishi, bunga 50 ming so‘mgacha xarajat qilishga majbur. Shu bilan birga, o‘z paytida tuman Chiroqchi va Ko‘kdala hududlariga bo‘lingan edi. Shu bois, ko‘plab aholining murojaatlarini inobatga olib, ushbu tuman negizida Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarini tashkil etsak, nima deysizlar?

Bundan tashqari, Shahrisabz tumani markazi haligacha Shahrisabz shahrida qolib ketdi. Bu tumanning rivojlanishini cheklamoqda. Shuni inobatga olib, Shahrisabz tumani markazini Chorshanba shaharchasiga ko‘chirib, uni rivojlantirish bo‘yicha alohida dastur qabul qilish taklif etiladi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA