Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda bu haqda alohida ta’kidladi.

–Qashqadaryodagi mashhur G‘ilon qishlog‘ini hammamiz yaxshi bilamiz. Ma’lumotlarga qaraganda, mana shu qishloqda keyingi besh yilda bironta ham oilaviy ajrim qayd etilmagan. Biz buni qishloq ahlining o‘zaro hamjihatligi, mahalla faollari, ayniqsa, nuroniylarimizning jonkuyarligi natijasi deb bilamiz. Bunday ijobiy tajribani butun el-yurtimizga ibrat qilib ko‘rsatsak, albatta arziydi,– dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

O‘zA