Surxondaryo viloyatida kelgusi besh yilda 20 ming xonadonli 600 dan ziyod ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 150 ta qishloq va mahalla obod qilish, ijtimoiy soha ob’ektlari va ichki yo‘llarni qurish-ta’mirlashga har yil 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida kelgusi besh yilda 5,5 ming kilometr past va yuqori kuchlanishli tarmoqlar, 1,5 mingta transformator yangidan quriladi va ta’mirlanadi. Natijada 264 mingdan ziyod aholi xonadoni, 6 mingdan ziyod ijtimoiy soha va tadbirkorlik ob’ektlariga elektr energiya uzluksiz yetkazib beriladi.

Termiz tumanidan Termiz shahriga qo‘shilgan mahallalarni bog‘lash uchun yirik yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi.

Shuningdek, kelgusi besh yilda 6 ming kilometr avtomobil yo‘llari va ko‘chalar, 300 ta ko‘prikni qurish-ta’mirlash ishlari bajariladi.

Bundan tashqari, xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari hisobiga “Darband-Denov”, “Toshkent-Termiz” va “Dushanbe-Termiz” yo‘nalishi bo‘yicha 180 kilometr avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi.