Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida boks bӯyicha 3-bolalar-ӯsmirlar sport maktabi ochiq birinchiligi bӯlib ӯtdi.
O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab ӯtkazilgan musobaqada 100 nafardan ziyod yosh bokschi ishtirok etdi. Uch kun davom etgan musobaqa yakunida g‘oliblar aniqlandi.
Jumladan, 2007-2008, 2009-2010, 2011-2012 yillarda tug‘ilgan ӯsmirlar ӯz yosh va vazn toifalarida birinchi ӯrinlarni egalladi.
– Musobaqani ӯtkazishdan asosiy maqsad, yoshlarimiz ӯrtasida sportning boks turini keng targ‘ib qilish, yosh sportchilarni qӯllab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirishdan iborat, – deydi sport faxriysi Zaripboy Allaniyazov. – Har bir shogirdining g‘alabasi ustozi uchun bayram tuhfasidir.
G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA