Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga haydovchilik guvohnomasiga oid qaror loyihasi joylashtirildi. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori loyihasida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatini toifalashtirilgan tarzda uzaytirish nazarda tutilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish muddati 2021 yilning 31 dekabr deb belgilangan.
2022 yil 1 yanvardan boshlab, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Taklif etilayotgan qaror loyihasida haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddatini bir yilga uzaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA