Yuridik klinika
Javob: Yo‘q, mumkin emas.
Bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Demak, maktabga chiqish yoshiga yetgan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim olishini ta’minlashi kerak.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-modda uchinchi va to‘rtinchi qismi
(Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi).
Gulnoza Boboyeva, O‘zA