Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti qoshidagi bolalar klinikasi statsionar sharoitda yiliga 3 ming 600 nafar, ambulator tarzda 22 ming 400 nafar bemorga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega.

Klinikada tug‘ma va surunkali kasalligi bor bolalarga yuqori texnologiyalar asosida tashxis qo‘yib, davolanadi. Bu yerda bolalar kardioxirurgiyasi, kichik invaziv xirurgiya, neyroxirurgiya, oftalmologiya, otorinolaringologiya, yuz-jag‘ xirurgiyasi, ortopediya va ginekologiya bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shifo maskani tibbiyot xodimlari Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstriya, Rossiya kabi mamlakatlardagi ilg‘or klinikalarda tajriba orttirib kelgan.

 

Temur MAMADAMINOV (surat), O‘zA