“Parij-2024” musobaqalarini boshqarib borishda o‘zbekistonlik mutaxassislar ham qatnashadi.

Xalqaro gimnastika federatsiyasi “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlarida musobaqalarni boshqarib boradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.

E’tiborli jihati, to‘rt yillikning eng nufuzli kompleks o‘yinlarida o‘tadigan sport gimnastikasi bahslarini boshqarib borishda hamyurtimiz, sport gimnastikasi bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam Ravshanbek Mirzayev ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Parijda o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari joriy yilning 26-iyul-11-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Bugungacha O‘zbekiston sport delegatsiyasining umumiy yo‘llanmalar soni 38 tani tashkil etmoqda.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA