Professional boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson qariyb 20-yillik tanaffusdan keyin 58 yoshida ikki daqiqadan 8 raundga mo‘ljallangan jangga hozirlik ko‘rmoqda.

Joriy yil 20-iyul kuni “yutubchi” Jeyk Polga qarshi o‘tadigan mazkur bahs Taysonning katta sahnaga qaytishi sifatida talqin qilinmoqda.

Bu fikrni Texas boks komissiyasi ta’kidlagan.

Ushbu jang AQSHning Arlington muzofotidagi “AT&T” majmuasida tashkil etiladi.

“Netflix” telekanali orqali jonli efirga uzatiladigan jang 27 yoshli Pol va 58 yoshga to‘ladigan Tayson o‘rtasidagi yosh farqi tufayli ko‘rgazmali tarzda uyushtirilishi kutilgandi. Keyinchalik tomonlar kelishuviga ko‘ra, bahs to‘laqonli professional boks musobaqasi shaklida o‘tkazilishi belgilandi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA