Davlatimiz rahbarining “Ma’muriy islohotlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan mamlakatni dopingdan xoli hududga aylantirish borasida tizimli ishlarni olib borish, bu boradi yangi texnologiyalarni joriy etish vazifasi belgilangan.

Shu maqsadida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan “Antidoping ta’limoti platformasi” va “Sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish milliy platformasi” ishlab chiqildi hamda sportchi, murabbiy va sport shifokorlariga platformadan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar taqdim etildi.

Bundan tashqari, agentlik tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda respublikadagi sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan sportchi, murabbiy va sport shifokorlari uchun qo‘shma antidoping seminarlarni o‘tkazish va yangi joriy etilgan platformalar bo‘yicha tushunchalar berish maqsad qilingan.

Shunga asosan, mart-aprel oylari davomida poytaxtimiz va Toshkent viloyatidagi sport ta’lim muassasalariga borgan holda, 3333 nafar sportchi, murabbiy va sport shifokorlari qamrab olinib,  sportchilarga tez va oson tarzda, taqiqlangan dori vositalari qabul qilinishining oldini olish haqida ma’lumotlar berib borilmoqda.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA