“Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan Prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovning ishonchli vakili Hamidjon Omonov ishtirokida Asaka tumanida nomzod dasturi targ‘iboti yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

– Pedagoglarga 50 yoshdan nafaqaga chiqish huquqi berilishi, sinf rahbarligi tarbiya fani o‘qitivchilariga taqsimlanishi, ularga ortiqcha vazifalarni yuklanmasligi kabilar haqida atroflicha gapirdilar.

Shundan kelib chiqib, nomzodimizning dasturida ham tarbiya va ta’limga, ya’ni hayot-mamot masalasiga katta ustuvorlik berilgan, – dedi H.Omonov

Uchrashuvda Alisher Qodirovning dasturi mazmun-mohiyati, uning muhim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar savollariga javob qaytarildi.