Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Joomart Otorbayev Qumtor oltin konidagi korrupsiya holatlariga doir tekshiruv doirasida hibsga olindi, deyiladi “TASS” xabarida.

Mamlakat milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bosh vazirlik paytida Otorbayev kondagi muzliklarni yo‘qotish bo‘yicha hudud ekologik holatini tekshirish jarayonida xorij kompaniyasi manfaati yo‘lida ish tutgan, jumladan, konda ekologik ekspertiza o‘tkazuvchi tegishli organlar faoliyatiga bosim qilgan.

Ma’lumot uchun, mamlakatning shimoli-sharqida joylashgan Qumtor konidan bu yil 14-15 tonna oltin qazib olish rejalashtirilgan.