Bugun “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan uchrashuvi o‘tkazilishi kutilmoqda

Mazkur tadbir arafasida davlatimiz rahbarining “Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tadbirkorlarning bir guruhiga minnatdorchilik bildirish to‘g‘risida”gi farmoyishi e’lon qilindi.

Farmoyishga muvofiq, iqtisodiyotimizning ravnaq topishi va yurtimiz barqaror rivojlanishi, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, byudjet barqarorligini taʼminlash hamda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashda munosib hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh tadbirkorlarga minnatdorchilik bildirildi.

Tadbirkorlar bilan uchrashuv arafasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari Jamshid Qo‘chqorov va Sardor Umurzoqov eng ko‘p ish o‘rinlari yaratgan bir guruh tadbirkorlarga Prezidentimizning minnatdorlik so‘zlari izhor qilingan tabriknomalarni topshirdi.

 

Saytimizni kuzatib boring.

 

O‘zA