24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida Elboshi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va keng ko‘lamli hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyiha va dasturlarning amalga oshirilishini davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.
Mintaqa kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.