FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat qo‘g‘irchoq teatrida Yangi yil bayrami munosabati bilan Chex xalq yozuvchisi Jozef Lada ertagi asosida sahnalashtirilgan “Sehrli olma” spektakli bolajonlar e’tiboriga namoyish etilmoqda.
Rejissyor Farhod Mirzayev tomonidan sahnalashtirilgan spektakldagi voqealar bolajonlarni mehnatsevarlikka, kattalarni hurmat qilishga, aql bilan tafakkurni rivojlantirib borishga undaydi.
Sahnada “Qorbobo” rolini aktyor Paraxat Kulimov, “Ganza” rolini aktyor Oltinboy Berdiboyev, “Ona” rolini aktrisa Svetlana Madetova, “Malika” rolini aktrisa Klara Boymurodova, “Podshoh” rolini aktyor Shamsuddin Kalomov, “Xizmatkor ayol” rolini aktrisa Gulnoz Eshmurodova yuksak mahorat bilan ijro etgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA