O‘zbekiston milliy metrologiya instituti (O‘zMMI) tashabbusi bilan Butunjahon Metrologiya kuni bayrami munosabati bilan bugun – 20 may kuni «Metrologiya-2021. Salomatlik uchun o‘lchashlar» shiori ostida Respublika ilmiy-amaliy xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro konferensiyasida Germaniya, Rossiya, Belarus davlatlaridan hamkor mutaxassislar, yurtimizdagi bir qator Oliy ta’lim maskanlaridan vakillar, olimlar, professorlar va O‘zMMI jamoasi ishtirok etishdi.

Tadbir davomida Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi (BIPM) va Xalqaro qonunchilik metrologiyasi byurosi (BIML) rahbarlarining metrologiya kuni munosabati bilan tabrigi o‘zbek tilida o‘qib eshittirildi.

Bir qator metrologiya sohasidagi erishilgan natijalar va rejalar haqida taqdimotlar tinglandi, deya xabar qiladi O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Matbuot xizmati.