2021 yilning 3 may kuni Saudiya Arabistonining“ ACWAPower”, O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o‘rtasida imzolangan bitimga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1500 MVt quvvatga ega shamol energetikasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasi amalga oshiriladi.

U foydalanishga topshirilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasiga aylanadi.

Mazkur loyiha taxminan 4 million xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishi va yiliga 2,5 million tonna karbonat angidrid gazini qoplashi kutilmoqda. Bu hukumatning o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish uchun o‘n yil ichida qayta tiklanadigan energiya manbalarini ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish maqsadlariga bevosita hissa qo‘shadi. Loyiha O‘zbekiston hukumatining energetika sohasida amalga oshirayotgan strategik islohotlarga muvofiq mamlakatning energiya balansini diversifikatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA