Davlatimiz rahbarining 2016 yil 28 dekabrda “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Mazkur farmonga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilganidan xabaringiz bor. Kuni kecha “Nuroniy” gazetasida ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi. Ular orasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA xodimlari ham borligini alohida ta’kidlashni lozim topdik.

Jumladan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassis Irismat Abduxoliqov birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni, siyosat va yangiliklar tahririyati bosh muharriri Abdujalol Taypatov va tarjima tahririyati bosh muharriri o‘rinbosari Zebo Boboyeva ikkinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldilar.

O‘zA jamoasi ustozlarni ushbu mukofot bilan muborakbod etadi.

Taqdirlanganlarga ko‘krak nishoni, ular yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklariga o‘rnatiladigan belgi hamda bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti tantanali topshiriladi.

 

O‘zA