O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Ellikqal’a tuman prokuraturasi hamda DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida yana bir jinoyat fosh etildi.

Fuqaro K.M. R.J.ning ishonchiga kirib, unga 9 ming AQSH dollari evaziga «Bo‘ston joy ta’mirlash» xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga tegishli hududdan 2 ta do‘kon qurish uchun yer maydoni ajratib berishini va’da qiladi. Joriy yilning 21 aprel kuni o‘zining Ellikqal’a tumanidagi uyi oldida ariza muallifidan kelishilgan pulni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlandi. Undan kimyoviy ishlov berilgan 9000 AQSH dollari ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan fuqaro K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA