Kazbekov Jusipbek Sdikbekovich O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Axborot xizmati ma’lum qildi.

Shu kunga qadar u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari edi.