Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida poytaxtimizdagi Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Sadir Japarov shundan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohiga yo‘l oldi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA