Davlatimiz rahbarining tegishli farmoni va qarori bilan bir guruh xotin-qizlar yuksak unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi, yigirma sakkiz nafar faol qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Bugun poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.
Bayram katta konsert dasturi bilan davom etdi.