Bugun juda ko‘pchilikning ishi bevosita banklarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik turli kreditlar bilan tijorat banklariga bog‘lanib qolmoqda. Biroq, ko‘pchilik ana shu kreditlarning foizlari yurtimizda balandligi, boshqa davlatlarda nisbatan pastligi borasida fikrlar aytmoqda.

Bugun juda ko‘pchilikning ishi bevosita banklarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Ko‘pchilik turli kreditlar bilan tijorat banklariga bog‘lanib qolmoqda. Biroq, ko‘pchilik ana shu kreditlarning foizlari yurtimizda balandligi, boshqa davlatlarda nisbatan pastligi borasida fikrlar aytmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2 xonali uy-joy olish uchun 324 million so‘m kredit zarur va 15 yil davomida to‘langan summa 707 milliondan oshib ketar ekan. Demak, bu kreditni o‘z vaqtida to‘lab borish uchun oyiga 5-8 million so‘m atrofida maosh olish kerak. Vaholanki, bunday maosh hammaga ham to‘lanmaydi.

Ayni vaqtda Markaziy bank kreditlarni, ayniqsa, ipoteka kreditlari foizlarini pasaytirish yoki tartibga solish uchun nimalarni rejalashtirmoqda?

 2020 yilda yurtimizdagi banklar 127 trillion so‘m atrofida kredit ajratgan bo‘lsa, uning 9,5 trillioni aynan ipoteka kreditlariga yo‘naltirilgan,– deydi Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamroyev. – Bu yangi bozor. U aholining ijtimoiy ta’minlash, iqtisodiyotni, qurilish va ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida berilmoqda. Zero, aholining uy-joyga bo‘lgan talabi yildan yilga oshib bormoqda.

Qayd etish kerakki, ipoteka kreditlari ajratishning o‘ziga xos tartib, qoidalari mavjud. Misol uchun, uning ma’lum qismini subsidiyalar hisobidan qoplash mumkin. Sizlar hisoblagan ikki xonali uyga berilgan kreditning ma’lum qismi Osiyo Taraqqiyot banki va davlat hisobidan qoplanadi.

Foiz stavkalari nega baland desangiz, Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz bo‘lgandan keyin ipoteka kreditlari 16-18 foiz bo‘lishi bu tabiiy. Biroq, biz ana shu foizlarni sekin asta pasaytirish harakatidamiz. Buning uchun inflyatsiyani pasaytir choralari ko‘rilmoqda. Foizlarni past bo‘lishi uchun, avvalo inflyatsiya past bo‘lishi kerak.

2021 yilda bunga qaratilgan dasturlar bor. 2023 yilga kelib inflyatsiya bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlarimiz 5 foizga kelib qolishi kutilmoqda, shunga mos ravishda kreditlarning foiz stavkasi ham pasayib boradi.

Boshqa davlatlarda kredit foizlari past ekaniga kelsak, Rossiyada oxirgi 4-5 yilda inflyatsiya 4 foizdan oshmagan. O‘tgan yili pandemiya va karantin sababli ozroq o‘sish kuzatildi. Lekin ipoteka kreditlari 8-9 foiz atrofida. Bizda qayta moliyalash stavkasi 14 foiz bo‘lgan holatda foizlarning 18 ekani maqbul holat. Ayni vaqtda bundan kamaytirib bo‘lmaydi.

Sayyora Shoyeva, O‘zA